1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Boks. Menni Pakyao va Errol Spens jangi bekor qilindi

Sakkizta vazn bo‘yicha boks sobiq chempioni Menni Pakyao va WBC va IBF yo‘nalishlari chempioni Errol Spens o‘rtasidagi jang bekor qilindi. Bu haqda “CBS” xabar berdi.

Boks. Menni Pakyao va Errol Spens jangi bekor qilindi

 

 

Jangning bekor qilinishiga Errol Spensning ko‘zidan olgan jarohati sabab bo‘lgan. Filippinlikning keyingi raqibi tajribali Yordenis Ugas bo‘lishi kutilyapti.

 

«Men jangni intiqlik bilan kutayotgandim. Afsuski, shifokorlar chap ko‘zimdagi jarohatni operatsiya qilishim kerakligini va bu holatda ko‘zlarim bilan kurashishning iloji yo‘qligini aytishdi. Afsusdaman», — degan Errol Spens.

 

«Birinchi navbatda men hammadan Errol Spensning to‘liq sog‘ayib ketishi uchun ibodat qilishlarini so‘rayman»,— dedi Pakyao.

 

Spens - Pakyao o‘rtasidagi boks kechasi 21 avgust kuni Las-Vegas shahrida o‘tkazilishi kerak edi. Pakyao so‘nggi jangida (2019 yil) Kit Turmanni mag‘lub etgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика