“Eco-schools Uzbekistan” loyihasi va “Young Climate Champions” hamjamiyati faollari bugun Bokuda BMT Iqlim konferensiyasining ekologik o‘quv oromgohida jamlanishdi.
Tadbir davomida Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Vengriya va Turkiya yoshlari kelgusi yillarda barqaror rivojlanishni taʼminlash va yoshlarni iqlim muammolariga jalb qilishni o‘z ichiga olgan xalqaro strategiyani ishlab chiqish uchun hamkorlikda harakat qilishadi.
Bundan tashqari, 2024-2030 yil uchun “Yo‘l xaritasi” doirasida amalga oshiriladigan dasturlar va loyiha rejasi muhokama qilinadi.


