1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bola huquqlariga oid qonunga o‘zgartirishlar maʼqullandi

Oliy Majlis qonunchilik palatasi tegishli qonun loyihasini qabul qildi.

Bola huquqlariga oid qonunga o‘zgartirishlar maʼqullandi

 

Bugun, 22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Unda “Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar tashkil etilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

 

Prezidentning “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) idoralararo komissiyalari tegishlicha Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya, Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari etib qayta tashkil etildi.

 

Mazkur hujjatning qabul qilinishi Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya, bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) komissiyalari faoliyatiga mustahkam huquqiy asos yaratadi.

 

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика