1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bolaga haqoratli laqab qo‘ymang!

Bu zo‘ravonlik sifatida baholanadi.

Bolaga haqoratli laqab qo‘ymang!

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kuni kecha bolalarni zo‘ravonlikning har qanday shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik, g‘amxo‘rlik qilmaslik, ta’qib etish zo‘ravonlik shakllari sifatida e’tirof etiladi. Bir guruh yoki bitta bola tomonidan boshqa bolaga haqoratli laqab qo‘yish, u bilan har qanday muloqot shakllarini to‘xtatib qo‘yish va boshqa harakatlar ta'qib etish sifatida e’tirof etiladi. Shuningdek, bolalarni tarbiyalash maqsadida jismoniy kuch ishlatish ham taqiqlanadi.

 

Qonun bilan zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxs tegishli tartibda himoya olish va tegishli organlarga murojaat etish huquqiga ega bo‘ladi. Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderlari beriladi. O‘zbekiston hududida bu masala bo‘yicha kunu-tun ishlaydigan ishonch telefoni yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur qonun e’lon qilingandan olti oy o‘tib kuchga kiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика