1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Bolalarni emlashga jamoatchilik ishtiyoqi pasaygan”

YUNISEF hisobotiga ko‘ra, 3 yilda 48 mln nafar o‘g‘il-qiz yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina olmagan.

“Bolalarni emlashga jamoatchilik ishtiyoqi pasaygan”

 

Tadqiqotlarga ko‘ra, vaksinalar yiliga o‘rtacha 4,5 million kishining hayotini saqlab qolishga yordam beradi. Agar emlash vositalari tanqisligi muammosi bartaraf etilsa, 2030 yilga borib, bu ko‘rsatkich yana 30 foizga oshishi mumkin.

 

Biroq oxirgi yillar, xususan, pandemiya davrida dunyo bo‘yicha aholining vaksinalarga bo‘lgan ishonchi pasayib borayotgani xavotirli holat. YUNICEF tomonidan eʼlon qilingan so‘nggi hisobot ushbu muammo tahliliga bag‘ishlandi.

 

Qayd etilishicha, ijtimoiy so‘rovda ishtirok etgan 55 davlatdan 52 tasida uch yil ichida bolalarni emlashga nisbatan jamoatchilik ishtiyoqi pasaygan.

 

Hindiston, Vyetnam, Xitoy davlatlarida immunizatsiyaning ahamiyatini yuqori, Yaponiya, Janubiy Koreya va Papua-Yangi Gvineyada esa aksincha past baholashgan.

 

Yevropa davlatlari o‘rtasida Portugaliya, Shvetsiya va Irlandiya aholisining vaksinalarga ishonchi baland. Xorvatiya, Latviya va Rossiyada esa buning aksi kuzatilgan. Shunga qaramay, bolajonlarimiz sog‘ligi uchun vaksinalar zarur, deb hisoblovchilar qatlami 80 foizdan yuqori bo‘lib chiqdi.

 

Hisobotda keltirilishicha, 2019-2021 yillar davomida 48 million nafar o‘g‘il-qiz yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina olmagan. 19 million bola esa to‘liq bosqichda emlanmagan.

 

Bu, turli epidemiyalar, masalan, 2021-2022 yillarda qizamiq bilan kasallanish ko‘rsatkichlari ikki baravar ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Qolaversa, ekspertlar bemorlar soni ortishi Afrika va Janubiy Osiyoda vaksinalar taqchilligi muammosi bilan ham bog‘liq, degan xulosada.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика