1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bolalarni sog‘lomlashtirish tizimi takomillashtiriladi

Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etildi.

Bolalarni sog‘lomlashtirish tizimi takomillashtiriladi

 

Prezident farmoni bilan bolalar oromgohlari faoliyatini yagona tizim asosida yo‘lga qo‘yish, ularning moliyaviy holatini yaxshilash va oromgohlarga yoshlarni jalb etish qamrovini kengaytirish maqsadida 65 ta bolalar oromgohlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi tizimiga o‘tkazilib, boshqa tashkilotlar tizimida bo‘lgan 35 ta bolalar oromgohlarini sotish yoki faoliyat turini o‘zgartirishni taqiqlashni nazarda tutuvchi ro‘yxat tasdiqlandi. 

 

Shuningdek, bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etildi.

 

Bundan tashqari, bolalar oromgohlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Prezidentning ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

  • ayrim bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi balansiga o‘tkazilganligi hamda ayrimlarini sotish yoki faoliyat turini o‘zgartirish taqiqlanganligi;

  • bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni taʼminlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh negizida bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish;

  • taʼtil paytlarida bolalarning maroqli dam olishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda bolalar oromgohlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика