1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bolalarning dam olishini tashkil etish departamenti faoliyati joriy etiladi

Bu bo‘yicha respublika komissiyasi ham tuzilishi aytilmoqda.

Bolalarning dam olishini tashkil etish departamenti faoliyati joriy etiladi

 

“Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida quyidagilar tashkil etiladi:

 

• Bolalar sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasi;

• Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti.

 

“Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kasaba uyushmalari aʼzolarining farzandlari dam olishi va ularni sog‘lomlashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir yo‘llanma uchun BHMning 2 baravari (600 ming so‘m), biroq yo‘llanma narxining 50 foizidan oshmagan miqdorda oromgohlarga kompensatsiya to‘lanadi”, deyiladi xabarda.

 

Qayd etilishicha, 2023-yil 1-yanvardan:

 

• Mahalliy byudjetlar daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismining 10 foizi har chorakda Jamg‘armaga yo‘naltiriladi;

• Davlat organlari va tashkilotlari o‘z xodimlarining farzandlari uchun sotib olingan oromgohlar yo‘llanmalari narxining 50 foizigacha, ammo har bir yo‘llanma uchun BHMning 1 baravaridan (300 ming so‘mdan) oshmagan qismi ish beruvchilar tomonidan kompensatsiya qilib berilishi mumkin.

 

Shuningdek, bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика