Kelasi haftada, 18-19-20 iyul kunlari Andijon viloyatining Xonobod shahrida «Dunyo sadolari» estrada festivali bo‘lib o‘tadi.
Xabar.uz muxbiri tomonidan maʼlum qilinishicha, Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu musiqiy tadbirda bir qator dunyo darajasidagi yulduzlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Festival oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida «Dunyo sadolari»ga mashhur «Boni Em» guruhi va doktor Alban bilan bir qatorda yana bir qator yulduzlar taklif etilgani aytib o‘tildi. Festivalda 20 dan ortiq davlatlardan sanʼatkorlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.


