Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukrainaga tashrif buyurdi va u yerda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.
“Boris Jonsonning Kiyevga tashrifi prezident Zelenskiy bilan uchrashuvdan boshlandi. Buyuk Britaniya Ukrainani mudofaa sohasida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yetakchi hisoblanadi”, deyilgan rasmiy xabarlarda.
Bir kun avval Jonson Germaniya kansleri Olaf Shols bilan qo‘shma matbuot anjumanida Buyuk Britaniya Ukrainaga 100 million funt sterlinglik qurol-yarog‘ va 800 ta tankga qarshi raketalarni yuborishini ma’lum qilgandi.
Bungacha “The Times” o‘z manbalariga tayanib, Jonson Ukrainani dengizdan mudofaa uchun qurollar, jumladan, kemalarga qarshi raketalar bilan ta’minlashni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.


