1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Borrel Rossiyani "yadro quroliga ega yoqilg‘i quyish shoxobchasi" deb atadi

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Xitoyni Rossiyadan farqli o‘laroq, bugungi kunda biroz kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan “haqiqiy geosiyosiy o‘yinchi” ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u Rossiya iqtisodiyotini haqiqiy geosiyosiy oʻyinchilar iqtisodiga nisbatan juda kichik deb atadi.

Borrel Rossiyani "yadro quroliga ega yoqilg‘i quyish shoxobchasi" deb atadi

 

Rossiya iqtisodiyoti haqiqiy geosiyosiy oʻyinchilar iqtisodiga nisbatan juda kichik, mamlakat koʻproq “egasida atom bombasi bor yoqilgʻi quyish shoxobchasi”ga oʻxshaydi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Josep Borrel El Pais gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

Yevropa Ittifoqi va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirar ekan, Borrel Pekin Moskvadan farqli o‘laroq, bugungi kunda biroz kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan “haqiqiy geosiyosiy o‘yinchi” ekanini ta’kidladi.

 

“Biz xalqaro tizimning qutblanishiga hissa qo‘shishdan manfaatdor emasmiz, bu ikki qutbli dunyoga olib keladi va ikkita raqobatlashuvchi texnologik tizimning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lib, hammani u yoki bu birini tanlashga majbur qiladi. Shubhasiz, biz Qo'shma Shtatlarga yaqinmiz, ammo bu bizning o'z manfaatlarimiz yo'q degani emas", — deya qo'shimcha qildi Yevropa diplomatiyasi rahbari.

 

Borrel, shuningdek, Ukrainaga harbiy yordam berishdan bosh tortish tinchlikka olib kelmasligini aytdi. Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbarining qoʻshimcha qilishicha, Yevropa tinchlik muzokaralariga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Uning ta’kidlashicha, agar Ukrainadagi mojaro bo‘lmaganida, Kiyevning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi yillarga cho‘zilgan bo‘lardi.

 

Shu bilan birga, Borrel Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lish istiqbolini “jiddiy muammo” deb atadi: “Agar u ertaga a’zo bo‘lsa, u yagona mablag‘ oluvchiga aylanadi. Qolganlarning hammasi mamlakat sarmoyadoriga aylanadi”.

 

Ma'lumot uchun, respublikachi senator Jon Makkeyn ilk bor 2014-yilda Ukraina sharqida mojaro boshlanganidan keyin Rossiyani “yoqilg‘i quyish shoxobchalari mamlakati” deb atagan. Shundan so'ng, 2020-yilda Putin Rossiya "yonilg'i quyish shoxobchalari mamlakati" emasligini ta'kidlagandi. Biroq uning qo'shimcha qilishicha, Rossiya byudjetining 70 foizi bo'lmasa ham katta qismi neft va gaz daromadlari hisobiga shakllanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика