Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi akademiyasi bino va inshootlari auksionga chiqarildi. Bu haqda E-auksion maʼlumotlarida keltirilgan.
Umumiy maydoni 9 560 kv.m bo‘lgan binoda suv, elektr, gaz va kanalizatsiya mavjud.
Lotning boshlang‘ich narxi 171,5 mlrd so‘m, zakalat puli esa 8,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Auksion 20 fevral kuni 10:00 da o‘tkaziladi hamda arizalar shu kuni soat 9:00 ga qadar qabul qilinadi.


