1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bosh prokuratura boshqarmasi katta prokurori va tuman tergovchisi qo‘lga olindi

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura boshqarmasi katta prokurori va tuman tergovchisi qo‘lga olindi

 

Toshkentda Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori E.A. hamda Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi A.D. qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, ularga nisbatan joriy yil 6 may kuni Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28, 211 (pora berish) moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlandi.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.   

 

«Tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi», — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика