1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bosh prokuratura Buxoroda yashillik darajasi qisqargani yuzasidan tekshiruv boshladi

Holat yuzasidan bir qator shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bosh prokuratura Buxoroda yashillik darajasi qisqargani yuzasidan tekshiruv boshladi

 

Avvalroq qurilish ishlarining jadallashuvi natijasida yashillik darajasi 2022 yilda 2017 yilga nisbatan Buxoro shahrining markaziy 37 foizga qisqargani haqida xabar berilgandi. Ushbu holat yuzasidan Prokuratura organlari tomonidan fuqarolarning xabariga asosan Buxoro shahrida ekologiya bilan bog‘liq qo‘pol qonunbuzilish holati fosh etildi.


Aniqlanishicha, 2022-yil 1-oktyabr kuni “BUKHARA G.C.” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalar tomonidan B.Naqshband ko‘chasidagi mavjud bo‘lgan qimmatbaho 22 tup qarag‘ay daraxtlari noqonuniy kesilib, tabiatga jiddiy ziyon yetkazilgan.

 

Biroq, mazkur holat Buxoro viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mansabdor shaxslari tomonidan yengilroq jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirilgan, shuningdek, noqonuniy kesilgan daraxtlarlarni olib qo‘yish o‘rniga huquqbuzarlarning o‘ziga topshirib korxona tomonidan shaxsiy manfaatlarda ishlatib yuborilishiga yo‘l qo‘yilgan.

 

Shu bilan birga, daraxt kesganlarga nisbatan yangi daraxt ekib berish majburiyati yuklanmagan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish va aybdor shaxslarga nisbatan ta’sirli protsessual majburlov choralarini qo‘llash masalasi hal etilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика