1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Bosh prokuratura: Nukus voqealari bo‘yicha 3 nafar IIO xodimi qamoqqa olindi

Hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Bosh prokuratura: Nukus voqealari bo‘yicha 3 nafar IIO xodimi qamoqqa olindi

 

2022-yilning 1-2-iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan Jinoyat kodeksining 159-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblangan 22 nafar shaxsga nisbatan sudning 2023-yil 31-yanvar kuni chiqarilgan hukmi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining matbuot xizmati tomonidan yoritildi.

 

Shuningdek, 18 va 21 nafar shaxsga (barchasiga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan) nisbatan Jinoyat kodeksining 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) va boshqa tegishli moddalari bilan bo‘lgan 2 ta jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan 2023 yil 17 yanvar kuni mazmunan ko‘rish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga yuborildi.

 

Hozirda mazkur jinoyat ishlari sud tomonidan mazmunan ko‘rib chiqilmoqda.

 

Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari tergovi doirasida 3 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Tergov natijasi bo‘yicha jinoyat ishlarining sudga yuborilishi taʼminlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика