1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Bosh prokuror AQSH elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Tomonlar ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida huquqiy sohada shakllangan munosabatlarning bugungi kundagi holatini muhokama qildi.

Bosh prokuror AQSH elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev AQSHning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi

 

Bosh prokuraturada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda sud-huquq sohalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.  

 

Tomonlar ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida huquqiy sohada shakllangan munosabatlarning bugungi kundagi holatini muhokama qildi. Uni yana-da rivojlantirish, shu jumladan, jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirishga ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi.  

 

Uchrashuv ishtirokchilari bo‘lib o‘tgan muloqotning huquqiy sohada o‘zaro aloqalar mustahkamlanishiga yangi turtki bo‘lishiga ishonch bildirdi.             

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика