1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Boshi mojarodan chiqmayotgan Britaniya bosh vazirlari

Endi navbat Rishi Sunakka. U manfaatlar to‘qnashuvida gumonlanmoqda.

Boshi mojarodan chiqmayotgan Britaniya bosh vazirlari

 

Buyuk Britaniyada Bosh vazir Rishi Sunak atrofida mojaro kelib chiqdi. U manfaatlar to‘qnashuvi va biznes haqidagi maʼlumotlarni yashirishda gumon qilinmoqda.

 

Bosh vazirning rafiqasi bolalarga homiylik qiladigan kompaniyada ulushga ega. Parlament aʼzolarining so‘zlariga ko‘ra, yil boshida Londonda bunday kompaniyalarga davlat subsidiyalari masalasi muhokama qilinganida, Sunak uning oilasi aslida bu masalada manfaatdor tomon ekanligi bo‘yicha sukut saqlagan. Bunday holat isteʼfoga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Tahlilchilarga fikricha, agar partiya ichida Rishi Sunakni munosib qo‘llab-quvvatlash bo‘lsa, u qoladi, lekin bosh vazirni barcha 100 foiz qo‘llab-quvvatlamaydi. Britaniyaning avvalgi ikki bosh vazirlari ham mojarolar ortidan isteʼfoga chiqishgandi. Masalan, Boris Jonson COVID-19 tufayli joriy etilgan karantin davrida bazm uyushtirgani tanqidlarga sabab bo‘lgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика