1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Boshlang‘ich sinf darsliklari yangidan tayyorlandi

Yangi darsliklar o‘quvchilarda 21 asr ko‘nikmalarini shakllantirishda “4K” modelini qo‘llash orqali tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Boshlang‘ich sinf darsliklari yangidan tayyorlandi

 

Davlatimiz rahbarining belgilab bergan vazifalari ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 14-17 avgust kunlari Toshkent shahrida “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.

 

Malaka oshirish kursida respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 300 dan ortiq ilg‘or pedagoglar va metodistlar hududiy trenerlar sifatida taʼlim olishmoqda. Aynan ular joylarda o‘qituvchilarni zamonaviy usullar bo‘yicha kaskad usulida tayyorlashlari kerak bo‘ladi.

 

To‘rt kunlik kurs davomida darslik mualliflari va ilg‘or amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan hududiy trenerlarga boshlang‘ich sinflarda fanlarni o‘qitish metodikasi, o‘quvchilar natijalarini baholash, bunda fanlararo integratsiyani taʼminlash kabi mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

 

Taʼkidlash joizki, yangi darsliklar taʼlim oluvchilarda 21 asr ko‘nikmalarini shakllantirishda “4K” modelini (kritik fikrlash, kreativlik, kollaboratsiya, kommunikatsiya) qo‘llash orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

 

Ushbu kurs Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика