Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023/2024-o‘quv yilida ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi tayyorlanmoqda.
Qaror loyihasida boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchilariga ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) yoki matematika fanidan 60 va undan yuqori ball to‘plab olingan milliy sertifikat uchun 20 foiz ustamalar belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.
Maʼlumot uchun, prezidentning 2022-yil 11-maydagi farmoni 9-bandi (g-kichik bandi)da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda har yili 1-avgustga qadar:
-
milliy baholash tizimi muvofiq bo‘lishi lozim bo‘lgan xalqaro standartlar ro‘yxatini;
-
taʼlim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar ro‘yxatini;
-
xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) ro‘yxatini hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini tasdiqlashi va o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlash belgilab qo‘yilgan.


