1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Botanika bog‘i Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilmoqda

Mazkur bog' noyob ilmiy-unikal obyekt hisoblanadi.

Botanika bog‘i Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilmoqda

 

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uz portalida Vazirlar Mahkamasining “Istirohat bog‘lari faoliyati va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

 

Loyihaga ko‘ra, Toshkent Botanika bog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyalari” davlat muassasasi balansiga o‘tkazilishi belgilangan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N.Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i noyob ilmiy-unikal obyekt hisoblanadi.

 

“Shu sababli, Botanika bog‘ini Vazirlar Mahkamasining “Istirohat bog‘lari faoliyati va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish” to‘g‘risidagi qarori loyihasidan chiqarish hamda Botanika bog‘iga Milliy bog‘ maqomini berish orqali uning nufuzini va muhofazasini kuchaytirish kerak deb hisoblaymiz. Mazkur masala bo‘yicha partiyamizning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi nomidan Hukumatga deputatlik so‘rovi yuborildi” – deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика