1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Braziliyada 12 nafar sayyoh halok bo‘ldi

Ular uchib ketayotgan samolyot Amazon o‘rmoniga qulagan.

Braziliyada 12 nafar sayyoh halok bo‘ldi

 

Braziliyaning Amazon ekvatorial tropik o‘rmonida samolyot halokati sodir bo‘ldi. Sayyohlarni olib ketayotgan samolyot qulagan. 14 kishi halok bo‘ldi.

 

Falokat vaqtida samolyot shtat maʼmuriy markazi Manausdan 400 kilometr uzoqlikdagi aerodromga qo‘nayotgan edi. Maʼlum qilinishicha, bu vaqtda kuchli yomg‘ir yog‘gan.

 

Samolyot bortida 12 nafar sayyoh va ikki nafar ekipaj aʼzosi bo‘lgan. Ularning hammasi qurbon bo‘ldi. Shtat fuqarolik mudofaasi departamenti halokat joyiga jo‘natish uchun guruh tayyorlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика