Braziliyaning Mato Grosso shtatida yashovchi siyosatchi shifokorlar uning qornida jarrohlik qaychi qoldirishganidan keyin og‘riq sezmoqda. Bu haqda "Daily Mail" xabar berdi.
46 yoshli Kleyton Zenatta yaqinda qorin bo'shlig'ida operatsiyani boshdan kechirdi. Amaliyot davomida ichak o'simtasi olib tashlandi. Erkak kasalxonadan chiqqanidan keyin qornida qattiq og'riqlar paydo bo'la boshlagan.
Zenatta yana tibbiy yordam so'radi. Kompyuter tomografiyasi uning qorin bo'shlig'ida begona jism — operatsiya vaqtida shifokor tomonidan unutilgan jarrohlik qaychisi borligini ko'rsatdi. Siyosatchi ikkinchi operatsiya uchun zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi.
Shtat sog‘liqni saqlash departamenti bemorning qornida jarrohlik asbobi nima sababdan qoldirilganini aniqlash uchun tibbiyot muassasasida tekshiruv o‘tkazmoqda. Siyosatchi shifoxona va operatsiyani amalga oshirgan jarrohni sudga berish yoki bermaslik haqida hali qaror qilgani yo‘q.
“Men bu haqda o'ylamayman. Ammo keling, keyin nima bo'lishini ko'ramiz", — dedi u.


