Braziliyada Hamilton Taurino ismli tadbirkor noodatiy xizmatni yo‘lga qo‘ydi — endilikda uy hayvonlari o‘z egalarisiz taksida sayr qilishlari mumkin. "Taxi Dog" deb nomlangan bu servis itlar, mushuklar va boshqa mo'ynali hayvonlarni veterinarga, go‘zallik saloniga yoki boshqa kerakli manzillarga olib boradi.
Tadbirkorning fikricha, bu g‘oya unga do‘stining itini veterinarga olib borishga haydovchi topa olmagani sababli kelgan. Shundan so‘ng Taurino hayvonlar uchun alohida transport xizmatini tashkil etishga qaror qilgan.
Taksi haydovchisi har bir hayvon bilan rasmga tushishni kanda qilmaydi va ularni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida joylashtiradi. Ayni paytda kompaniya blogini qariyb 3500 kishi kuzatmoqda. Eng noodatiy yo‘lovchisi esa — qochib ketishga urinib, o‘rindiq ostida yashiringan Gvineya cho‘chqasi bo‘lgan.
Taurino mijozlar xavfsizligi va qulayligini birinchi o‘ringa qo‘yadi: maxsus xavfsizlik kamarlari, konteynerlar, hayvonlarga mos toza salon — bularning barchasiga jiddiy yondashadi. U, shuningdek, hayvon egalari bilan,ayniqsa, favqulodda holatlarda muloqot-ishining eng qiyin jihati deb biladi.
Hozirda xizmat juda yaxshi kutib olinmoqda. Hatto ayrim hayvonlar sayohatdan keyin mashinadan chiqishni ham xohlamas ekan. Taurinoning sodiq mijozlari tobora ko‘paymoqda.


