O‘tgan yilning dekabr oyida yo‘qolgan vertolyot Braziliyaning San-Paulu shahrida topildi.
Harbiy politsiya samolyotni Paraibun o‘rmonli hududidan topdi. Samolyotdagi to‘rt kishining barchasi halok bo‘lgan.
Avvalroq Hindiston harbiy-havo kuchlarining sakkiz yil avval halokatga uchragan samolyoti Bengal ko‘rfazida Hind okeani tubidan topilgan edi. Samolyot qoldiqlari Okean texnologiyalari milliy instituti tomonidan dengiz chuqurliklarini o‘rganish chog‘ida topilgan.


