1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Braziliyada Pelening vafoti munosabati bilan Braziliyada 3 kunlik motam eʼlon qilindi

Mashhur futbolchi Pele 82 yoshida vafot etdi.

Braziliyada Pelening vafoti munosabati bilan Braziliyada 3 kunlik motam eʼlon qilindi

 

Braziliyada futbol qiroli Pelening vafoti munosabati bilan uch kunlik motam eʼlon qilindi, deya xabar berdi TASS.

 

«Ushbu farmon elon qilingan kundan boshlab butun respublika hududida uch kunlik rasmiy motam eʼlon qilindi. Bu sobiq futbolchi Edson Arantes du Nasimentu — Pelening o‘limidan qayg‘u belgisi sifatidadir», — deyiladi rasmiy xabarda.

 

Mashhur futbolchi Pele 82 yoshida vafot etdi. 1940 yil 23 oktyabrda Braziliyada tug‘ilgan Edson Arantis du Nasimentu o‘z muxlislariga Pele nomi bilan tanish.

 

U futbolchilik faoliyatida uch marta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan yagona futbolchi.

 

Mashhur futbolchi anchadan beri saraton kasalligi bilan kurashib kelgan. Bu kasallik uning tanasida 2021 yilning kuzida aniqlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика