1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Braziliyada sodir bo‘lgan avtohalokatda 12 kishi halok bo‘ldi

Tokantins shtatida mobil tibbiy furgon yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi.

Braziliyada sodir bo‘lgan avtohalokatda 12 kishi halok bo‘ldi

 

Tokantins shtatida mobil tibbiy furgon yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida kamida 12 kishi, jumladan, bir chaqaloq halok bo‘ldi, yana ikki kishi og‘ir yaralandi. Bu haqda harbiy politsiyaga tayanib mahalliy OAV xabar berdi.

 

Xitoyning «Sinxua» axborot agentligi xabariga ko‘ra, baxtsiz hodisa chorshanbaga o‘tar kechasi Natividadi munitsipaliteti yaqinida sodir bo‘lgan. Ikki mashina to‘qnashib ketdi.

 

Qurbonlar orasida mikroavtobusda 7 nafar ayol, 4 nafar erkak va bir nafar chaqaloq bo‘lgan. Yana ikki yo‘lovchi jiddiy jarohat olgan. Almas shahri sog‘liqni saqlash kotibiyatiga tegishli furgon Tokantins shtatining maʼmuriy markazi Palmas shahridan qaytayotgan bo‘lgan.

 

Xabarda Aytilishicha, yuk mashinasida bo‘lgan erkak va ayol yengil tan jarohatlari olgan va ular qisqa vaqtdan so‘ng kasalxonadan chiqarilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика