Renato Baima Gaia ismli erkak o‘ng oyog‘ini 210,66 darajaga aylantira oldi va avvalgi rekordni 28,63 darajaga oshirdi.
Renatoning so‘zlariga ko‘ra, u oyoqlarini burish qobiliyatini 30 yil avval kashf etgan.
“Men umuman mashq qilmaganman, bu tug‘ma mahorat”, deydi u.
Qoidaga ko‘ra, oyoq ishtirokidagi rekordni yangilash uchun daʼvogar ikkala oyog‘ini bir-biriga parallel qilib qo‘yishi, so‘ngra ulardan birini ikki yo‘nalishda aylantirishni boshlashi kerak: yo tovon, yo oyoq barmoqlari joyida qolishi kerak. Keyin oyoqni kamida 10 soniya davomida aylantirgan holda ushlab turish kerak.


