Braziliyadagi saylovlarda chap qanot ishchilar partiyasi asoschisi, sobiq prezident Lula da Silva g‘alaba qozondi. Oliy saylov sudi (mamlakatda MSK funksiyalarini bajaradi) yakuniy natijalariga ko‘ra, unga saylovchilarning 51 foizi ovoz berdi.
Avvalroq saylovda yana 9 nafar nomzod ishtirok etgani xabar qilingandi. Braziliyada ovoz berish saylov huquqiga ega bo‘lgan 156 milliondan ortiq mamlakat fuqarolari uchun majburiydir. Jair Bolsonaru to‘rt yillik prezidentlikdan so‘ng ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ydi.
Maʼlumot uchun: Lula da Silva birinchi marta 2002 yilda lavozimga kirishgan va to‘rt yildan so‘ng muvaffaqiyatli qayta saylangan. 2017 yilning 12 iyulida u korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirishda ayblanib, 9,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 2019 yil noyabr oyida u ozodlikka chiqdi. 2021 yil mart oyida Braziliya Federal Oliy sudi unga qo‘yilgan barcha ayblovlarni bekor qildi.


