Buyuk Britaniya qiroli Karl III Birlashgan Qirollikning eng boy aholisi reytingida ancha past o‘rinni egalladi. Monarx ro‘yxatda 263-o‘rinda turibdi.
Qirolning shaxsiy boyligi 600 million funt sterlingga baholangan, bu taxminan 746 million dollarni tashkil etadi. Mahalliy OAVning yozishicha, Karl III hali ham yuqori mavqega ega.
Marhum qirolicha Yelizaveta II ning boyligi bir yil avval 370 million funt sterlingga (hozirgi kurs bo‘yicha 460 million dollar) baholangandi. Uning merosi qirolga o‘tgan.
Avvalroq shahzoda Uilyam o‘zining toj kiyish marosimini rejalashtirishni boshlagani xabar qilingandi.