Buyuk Britaniya 200 nafar ukrainalik uchuvchini F-16 qiruvchilarini boshqarishni o‘rgatdi.
Bu haqida Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Lyuk Pollard X ijtimoiy tarmog‘ida maʼlum qildi.
“Men Qirollik havo kuchlarining ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturining so‘nggi ishtirokchilari bitiruv marosimida qatnashdim. Bu uchuvchilar tez orada Ukraina F-16 samolyotlarini boshqaradi”, — deb yozdi Pollard.


