Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Rossiyaning Ukrainaga to‘la miqyosda bostirib kirganiga ikki yil to‘lishi munosabati bilan o'z fikrlarini bildirdi.
“Zolimlik hech qachon ustun chiqmasligini ko‘rsatish va biz bugun va ertaga ham Ukraina tomonida turishimizni yana bir marta ta’kidlash vaqti keldi. Biz nima talab etilsa barchasini Ukraina g‘alaba qozonmaguniga qadar bajarishga tayyormiz", — deyiladi bosh vazir bayonotida.
Shuningdek, Sunak “Ukrainaning dahshatli azoblar qarshisidagi jasorati”ni ta’kidlab o‘tib, mamlakat “biz barchamiz bog‘liq bo‘lgan ozodlik, suverenitet va qonun ustuvorligi tamoyillari”ni himoya qilayotganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Gʻarb mamlakatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomanidan agressiyaga qarshi kurashda Kiyevni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qat’iylikni tasdiqlashi kerak.


