Qirol Charlz III vafoti munosabati bilan "Menai ko'prigi" kod nomini olgan dafn marosimi o'tkaziladi. Mamlakat hukumati uni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishni 2022-yil sentabrida, Yelizaveta II vafotidan ko‘p o‘tmay boshlagan.
Xabarlarga ko'ra, qirolning o‘limi haqida birinchi bo‘lib Britaniya Bosh vaziri va hukumatning ayrim a’zolari xabar topadi. Shundan so‘ng voqea haqida BBC teleradiokompaniyasi xabar beradi, so‘ngra xabar boshqa OAVlar tomonidan tarqatiladi.
Charlz IIIning vafoti haqidagi xabardan so‘ng darhol taxt uning o‘g‘li Uilyamga o‘tadi va uning rafiqasi Keyt Middlton qirolicha unvonini oladi.


