1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Britaniyada ortiqcha ishlagan farrosh ishdan haydaldi

U minimal 11 soatlik dam olish talabini buzgan.

Britaniyada ortiqcha ishlagan farrosh ishdan haydaldi

Britaniyada farrosh sifatida ishlagan Ogunmodede ortiqcha ishlagani uchun ishdan bo‘shatildi. Bu haqidaDaily Mail nashri yozmoqda.

 

Qayd etilishicha, u 2008 yildan 2024 yilgacha smenalar orasidagi minimal 11 soatlik dam olish talabini buzgan. Ogunmodede ish kunlari ikki xil ishda smenalarni birlashtirib kelgani parlamentda maʼlum bo‘lgan va shu asosda uning mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

Ogunmodede o‘zini yaxshi his qilayotganini va dam olish kunlari hordiq chiqarayotganini aytgan bo‘lsa-da, ish beruvchi uni ishdan bo‘shatdi. U adolatsiz ishdan bo‘shatilganini va ish haqidan noqonuniy ushlab qolinganini aytib sudga murojaat qildi. Biroq sud uning barcha daʼvolarini rad etdi.

 

Sudyaning taʼkidlashicha, Ogunmodedening xatti-harakatlari qonunga zid bo‘lib, uning sog‘lig‘i va xavfsizligiga, shuningdek jamiyat manfaatlariga tahdid solishi mumkin. Shuningdek, u ikkinchi ishi haqida ish beruvchiga to‘liq maʼlumot bermagani uchun ham aybdor deb topildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика