1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Bu katta eʼtirof – O‘zbekistonda yosh deputatlarning ulushi 6 foizdan yuqori

Prezidentimiz ayni paytda davom etayotgan O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida yurtimiz yoshlarining ishtimoiy-siyosiy faolligi ortib borayotgani xalqaro miqyosda eʼtirofga sazovor bo‘layotganini alohida taʼkidladi.

Bu katta eʼtirof – O‘zbekistonda yosh deputatlarning ulushi 6 foizdan yuqori

Prezidentimiz ayni paytda davom etayotgan O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida yurtimiz yoshlarining ishtimoiy-siyosiy faolligi ortib borayotgani xalqaro miqyosda eʼtirofga sazovor bo‘layotganini alohida taʼkidladi.

– So‘nggi yillarda yoshlarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratmoqdamiz.

Xabaringiz bor, yaqinda taniqli siyosatchi, Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong boshliq rasmiy delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Suhbat chog‘ida u kishi bir fikrni afsus bilan taʼkidladi. Yaʼni, sayyoramiz aholisining yarmidan ko‘pini 30 yoshgacha bo‘lgan insonlar tashkil etsa-da, butun dunyo bo‘yicha yosh deputatlarning ulushi 2,6 foizga ham yetmas ekan.

Oliy martabali mehmon O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 6 foizdan oshganini yuqori baholadi. Bu katta eʼtirof, albatta.

Biz bu g‘oyat muhim yo‘nalishdagi ishlarimizni davom ettirgan holda, Parlamentlararo Ittifoq ko‘magida “Men parlamentda yoshlarni qo‘llab-quvvatlayman!” degan ezgu tashabbusni amalga oshiramiz.

Ushbu tizim asosida siyosiy yetuk va faol yosh yigit-qizlarimizni milliy parlamentimiz va mahalliy kengashlar faoliyatiga yana-da kengroq jalb etamiz.

Xalq deputatlari kengashlari tavsiyasi asosida yosh, g‘ayratli, fidoiy o‘g‘il-qizlarimiz bundan buyon Oliy Majlis deputati va senatorlariga biriktiriladi.

Shu bilan birga, mahalliy kengashlarda ham, xuddi Senat va Qonunchilik palatasidagi kabi yoshlar parlamenti vakillari maktabi tashkil etiladi.

Shuningdek, iqtidorli yoshlar orasidan yangi avlod zaxira kadrlari – “Kelajak liderlari”ni shakllantiramiz, – dedi davlatimiz rahbari.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика