1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Bu meni dahshatga soldi” - Putin Qobiljon o’limi bo’yicha Rahmonga hamdardlik bildirdi

Vladimir Putin bu haqda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammiti doirasida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan alohida uchrashuvda ma’lum qildi.

“Bu meni dahshatga soldi” - Putin Qobiljon o’limi bo’yicha Rahmonga hamdardlik bildirdi

 

 

Bugun, 22-dekabr kuni MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonga tojikistonlik maktab o‘quvchisining fojiali o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

 

Putin ushbu jinoyat uni chuqur larzaga solganini aytib, bolalarga qarshi qaratilgan zo‘ravonlik va terrorchilik harakatlari mutlaqo kechirib bo‘lmas jinoyat ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa bo‘yicha tergov oxiriga yetkaziladi va aybdorlar muqarrar ravishda jazolanadi. Rossiya prezidenti halok bo‘lgan o‘quvchining oila a’zolariga ham hamdardlik izhor etdi.

 

“Bolalarga nisbatan sodir etilgan bunday jinoyatlar ayniqsa jirkanch. Hech qanday shubha yo‘qki, ushbu ish bo‘yicha tergov to‘liq va adolatli olib boriladi”, — dedi Vladimir Putin uchrashuv davomida.

 

O‘z navbatida, Imomali Rahmon Rossiya tomoniga tergov jarayonidagi hamkorlik va e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi. U hozirgi murakkab davrda bunday jinoyatlar jiddiy xavotir uyg‘otayotganini qayd etib, aybdor shaxslar qat’iy jazolanishi lozimligini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика