Kreml Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Vashingtonga tashrifidan ijobiy o‘zgarishlar kutmayapti. Bu haqda Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi, deb yozadi “Vedomosti”.
"Qurol yetkazib berish davom etmoqda, uning ko‘lami kengaymoqda. Bularning barchasi, albatta, mojaroning kuchayishiga olib keladi va Ukraina uchun yaxshilik vaʼda qilmaydi", - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti devoni Vladimir Zelenskiyning AQSHga rasmiy tashrifini tasdiqlagan. Tomonlar harbiy yordam masalasini muhokama qiladi. Zelenskiy AQSH Kongressida chiqish qilishi kutilmoqda. Shundan keyin Bayden bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi.


