O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. > “Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu-intilishlarini amalga oshirish, o‘zining iqtidori va ibratli > faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga > chiqarayotgan, chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, muhim g‘oya va tashabbuslarni ilgari surayotgan, ijtimoiy > hayotda faollik ko‘rsatayotgan qizlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida: > > > > 1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli > qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, > san’at, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat > mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin. > > > > 2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan > bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin. > > > > 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash > miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin. > > > > 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston > Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat > mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin. > > > > 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi > Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin”, deyilgan qaror matnida. Mazkur qaror bian jami 28 nafar ayol-qiz davlat mukofoti bila taqdirlangan: – Maqsadova Zuxraxon Qahramon qizi – Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi; – Orinbayeva Yerkinay Quanishbay kizi – Nukus davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi; – Zaynobiddinova Durdonabegim Sarvarjon qizi – Andijon davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi; – Mashrabova Muxlisa Alijon qizi – Andijon davlat universitetining 2-bosqich talabasi; – Davlatova Nafosat Furqat qizi – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-bosqich talabasi (Buxoro viloyati); – Shonazarova Mushtariy Begim Shavkatovna – Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi; – Abduvaliyeva Aziza Farhod qizi – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi (Jizzax viloyati); – Bahodirova Sevara Bahodir qizi – Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati); – G‘o‘chchiyeva Rohilabonu Abdurahmon qizi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati); – Qurbonova Oftoboyim Husniddinovna – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining kafedra assistenti; – Murodullayeva Yulduz Behzod qizi – Navoiy viloyati Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining 11-sinf o‘quvchisi; – Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi – Navoiy davlat pedagogika institutining kafedra katta o‘qituvchisi; – Ahmadaliyeva Nilufar Qobiljon qizi – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati); – Jo‘rayeva Gulchexraxon Zokirjon qizi – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati); – Orziqulova Hilola Fazliddin qizi – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 3-bosqich talabasi (Samarqand viloyati); – Xalilova Mahbuba Asqarali qizi – Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 59-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning 12-sinf o‘quvchisi; – Abdunabiyeva Farangiz Odiljon qizi – Sirdaryo viloyati Guliston olimpiya zaxiralari kollejining 11-sinf o‘quvchisi; – Alimova E’zoza Zafar qizi – Toshkent davlat pedagogika universitetining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati); – Qushoqova Gulhayo Bahodir qizi – Surxondaryo viloyati Termiz jamoat salomatligi texnikumining 2-bosqich o‘quvchisi; – Xolboyeva Aziza Ixtiyarovna – Termiz davlat universitetining tayanch doktoranti; – Abdusalamova Kumushxon Shakir qizi – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich magistranti (Toshkent viloyati); – Seit-Asan Feride Ernestovna – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-bosqich magistranti (Toshkent viloyati); – Naypak Vasilisa Romanovna – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 3-bosqich talabasi (Farg‘ona viloyati); – Oripova Zarnigorxon Matqulbek qizi – Farg‘ona politexnika institutining 1-bosqich magistranti; – Davletova Ullijon Sapavoy qizi – Urganch davlat universitetining 3-bosqich talabasi; – Sa’dullayeva Madina Odamboy qizi – Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi; – Jamilova Sabina Ulug‘bek qizi – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 1-bosqich talabasi (Toshkent shahri); – Rixsiboyeva Madinaxon Qodirjon qizi – Toshkent davlat pedagogika universitetining kafedra o‘qituvchisi (Toshkent shahri).