1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Bugun Eron, Xitoy va Qirg‘iziston yetakchilari Samarqandga keladi

Ayni daqiqalarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari di Karloning tashrifi kutilmoqda.

Bugun Eron, Xitoy va Qirg‘iziston yetakchilari Samarqandga keladi

 

Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov SHHT sammitiga tashrif buyurayotgan mehmonlar bo‘yicha maʼlumot berdi. 

 

Sammitning birinchi oliy martabali mehmoni — Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Samarqandga yetib keldi.

 

Bugun Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning rasmiy tashrifi boshlanadi. U Samarqandga tushdan so‘ng yetib keladi, oliy darajadagi muzokaralar bugunning o‘zida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv yakunida savdo, kooperatsiya, innovatsiyalar, transport, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlarda hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, bugun kunning ikkinchi yarmida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovlar ham Samarqandga yetib keladi.

 

Qolgan barcha mehmonlar tashrifi esa ertaga, 15 sentabr kuni kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика