1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugun ham O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘adi

29-mart uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi.

Bugun ham O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘adi

 

Bugun, 29-mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-9, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish baʼzi tumanlarda sekundiga 22-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja  iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish baʼzi tumanlarda sekundiga 22-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, baʼzi tumanlarda kuchli bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish baʼzi tumanlarda sekundiga 22-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim tumanlarda kuchli bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish baʼzi tumanlarda sekundiga 22-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi kutilmoqda. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.  

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика