“Parlament yetakchiligi: barqarorlik va farovonlikni yana-da samarali taʼminlashda xavf-xatarlarni baholash” mavzusida bo‘lib o‘tayotgan sammitda dunyoning ko‘plab mamlakatlari va nufuzli xalqaro tashkilotlardan 120 ga yaqin vakillar ishtirok etmoqda.
Shavkat Mirziyoyev bugun, 8-sentabr kuni Toshkentda boshlangan 14 ayol parlament rahbarlari sammiti ishtirokchilarga murojaat qildi.
“Milliy parlamentlar rahbarlari uchrashuvi O‘zbekistonda ilk bor bo‘lib o‘tmoqda. Biz buni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas demokratik islohotlarning, jumladan parlamentchilik va gender siyosati sohalarida, tan olinishi deb bilamiz.
2005 yildan buyon tashkil etib kelinayotgan ushbu parlamentlararo sammit hamkorlikning muhim platformasiga aylandi va demokratik jarayonlarning hamda fuqaro jamiyatining rivojlanishiga jiddiy hissa qo‘shmoqda.
Bugungi forum kun tartibi ham dolzarb mavzularga bag‘ishlangan bo‘lib u jamiyat va siyosatda ayollar o‘rni oshib borayotgani, milliy va xalqaro darajadagi muhim jarayonlarda ayollar ishtirokiga bag‘ishlanadi.
Biz O‘zbekistonda ishonchimiz komilki, gender tenglik bu - jamiyat va demokratik jarayonlarning rivojlanishining muhim elementi ekaniga ishonamiz. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatda ayollarning jamiyat va davlat boshqaruvida keng va faol ishtirokini taʼminlash, ularning salohotyalarni namoyon qilish uchun respublikada barcha sharoitlarni yaramoqdamiz.
Faqat so‘nggi bir necha yillar ichida O‘zbekistonda ayollar huquq va erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan 40dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Buning natijasida davlat boshqaruv tizimida ayollar soni oshib bormoqda. Bugun bizning parlamentimizda ayollar ulushi uchdan birni tashkil qiladi. Shuningdek O‘zbekiston “Siyosatda ayollar” reytingida o‘z o‘rnini mustahkamlab, ushbu sohada muvaffaqiyatga erishgan davlatlar qatoriga qo‘shildi», – deyiladi murojaatda.


