1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugun O‘zbekistonda 20 darajagacha sovuq bo‘ladi

Respublikaning qator hududlarida qor yog‘ishi kutilyapti.

Bugun O‘zbekistonda 20 darajagacha sovuq bo‘ladi

 

Bugun, 17-fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llar yax bo‘ladi. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5 daraja, kunduzi 1 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Baʼzi joylardagi yo‘llar yax bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu ayrim tumanlarda soniyasiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 11-16, Ustyurtda 17-20 darajagacha, kunduzi 3-8 daraja sovuq, Xorazm viloyatida kechasi 6-11, kunduzi 1-6 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yo‘llarda yax kuzatilishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu baʼzi tumanlarda soniyasiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja, kunduzi 3 daraja sovuq, cho‘l hududlarida kechasi 11-16, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushib, yo‘llar yax bo‘ladi, G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu baʼzi tumanlarda 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8 daraja, kunduzi 3 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qor yog‘adi, tuman tushib, yo‘llarda yax kuzatiladi. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu esa baʼzi tumanlarda 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8 daraja, kunduzi 3 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib, yog‘ingarchilik bo‘ladi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu baʼzi tumanlarda 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

 

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu baʼzi tumanlarda 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yax bo‘ladi. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu baʼzi tumanlarda 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yax kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика