1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugun O‘zbekistonda harorat yana-da ko‘tariladi

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, bugun, 6 iyulda O‘zbekistonda issiq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechga tomon baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Bugun O‘zbekistonda harorat yana-da ko‘tariladi

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 38-43° atrofida bo‘lib, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44-46° gacha isiydi.

Poytaxtimizda kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo xarorati 41-43° gacha isiydi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-34° bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика