Yunusobod tumanidagi o‘rta bosimli gaz quvuriga hisoblagich o‘rnatilishi sabab soat 11:00 dan 17:30 ga qadar “Tiklanish” MFY, Hamkarobod ko‘chasidagi 400 ta yerli xonadon va 34 ta ulgurji isteʼmolchilarda gaz taʼminoti to‘xtatiladi.
Shuningdek, Olmazor tumani, “Qizg‘aldoq” va “Bunyodkor” MFYdagi gaz quvuriga hisoblagich o‘rnatilishi sababli soat 11:00 dan 17:30 ga qadar 300 ta xonadon va 3 ta do‘kon vaqtincha gazsiz qoladi.
Taʼmirlash ishlari yakunlangach, gaz taʼminoti qayta tiklanadi.


