1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugun respublikada 45 darajagacha issiq harorat kuzatiladi

“O‘zgidromet” 26-iyun kungi ob-havo prognozini ma’lum qildi.

Bugun respublikada 45 darajagacha issiq harorat kuzatiladi

 

“O‘zgidromet” 26-iyun kuni soat 20:00 gacha respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.


Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrdid havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-24, kunduzi 38-40 daraja bo‘ladi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin.  Harorat kechasi 25-30, kunduzi 39-44 daraja bo‘ladi.


Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekund gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 25-30, kunduzi 40-45 daraja bo‘ladi.


Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 21-26, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.


Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 25-30, kunduzi 40-45 daraja bo‘ladi.


Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin.  Harorat kechasi 21-26, kunduzi 36-41 daraja bo‘ladi.


Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddali yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика