1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Bugun respublikada bulutli ob-havo kuzatiladi

Tog'oldi va tog'li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Bugun respublikada bulutli ob-havo kuzatiladi

 

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19°, kunduzi 27-29° bo‘ladi.

 

Qoraqalpog'iston respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

 

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 23-28°bo‘ladi.

 

Respublikaning tog'li hududlaridа havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Ayrim joylarda do’l yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика