1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Bugun Toshkentda MDH sport Kengashi bo‘lib o‘tadi

Majlis o‘z ishini 21-24 sentabr kunlari olib boradi.

Bugun Toshkentda MDH sport Kengashi bo‘lib o‘tadi

 

Bugun Toshkentda MDHning jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga aʼzo davlatlar Kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

 

Majlisda Sportni rivojlantirish vazirligi va idoralar rahbarlari, shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va kotibi hamda MDHning jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga aʼzo davlatlarning vakillari ishtirok etadi.

 

Bundan tashqari, MDH Ijroiya qo‘mitasi aʼzolari bilan Toshkent va Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari va sport inshootlari bo‘ylab sayohat qilish ham rejalashtirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика