1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugun Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi bo‘lmaydi

Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.

Bugun Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi bo‘lmaydi

 

 

 

“O‘zsuvtaʼminot” axborot xizmati xabar berishicha, Sergeli tumani Qipchoq (Xonobod) ko‘chasi bo‘ylab TXAY dan Fayzli ko‘chasigacha bo‘lgan hududda yerusti metrosi qurilish jarayonida 5 iyun 09:00 dan 6 iyun 09:00 gacha D-1000 mm tarmoqlarini ko‘chirilishi sababli ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Sergeli tumani bo‘yicha:

 

“Daryo bo‘yi”, “Fayzli”, Jaloir”, “Qipchoq”, “Sug‘diyona” mahallalarida. “Rersi”, “Moʻtabar”, “Paxta tola”, g‘isht ishlab chiqarish, keramika zavodlarida, bojxona omborida. “Sofdil” MFY G-40 mavzesi, “O‘zgarish” MFY Sergeli-5 mavzesi. “Habibiy” MFY Sergeli-5 mavzesi, “Mehrigiyo” MFY Sergeli-6 mavzesi, “Yangi Sergeli” MFY Sergeli 8 mavzesi, “Ezgulik” MFY Sergeli 8a mavzesi, “Madadkor” MFY Sergeli 7 mavzesi, “Ziynat” MFY Sergeli 7 mavzesi, “Ittifoq” MFY Sergeli 2 mavzesi, “Nilufar” MFY Sergeli 2 mavzesi, “Bunyodobod” MFY, “Yangi Bunyodobod” MFY Sergeli-6 A mavzelarida.

 

Shu bilan birga mazkur hududdagi barcha davlat va nodavlat muassasalarda, har xil turdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarida ham ichimlik suvi to‘xtatiladi.

 

Yangihayot tumani bo‘yicha:

 

“Qipchoq”, “Yo‘ldosh”, “Al-Farg‘oniy”, “Viqor”, “Olchazor” MFY 10-hudud, “Do‘stlik”, “Chortoq”, “Charog‘on”, “Toshkent”, “Ibrat”, “Iqbol”, “Humo”, “Yangi Umid” MFY Sergeli 5A, “Yorqin hayot”, “Oriyat” 8-hudud, “Marhamat”, “Gulshanobod” 9-hudud, Teri-tanosili shifoxonasi, O‘likxona, Yangihayot tumani hokimiyati, Non ishlab chiqarish korxonasi, 1-sonli tug‘ruq kompleksi, metall zavodi, 12-avtobus saroyi, KNS, “Grin park” bog‘i.

 

Shu bilan birga mazkur hududdagi barcha davlat va nodavlat muassasalarda, har xil turdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarida ham ichimlik suvi to‘xtatiladi.

 

Ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика