1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Bugundan abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi

DTM nomzodlarga kerakli hujjatlar ro'yxatini e'lon qildi

Bugundan abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi

 

20 iyun kuni 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

 

Abituriyentlar ro'yxatdan o'tishlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Telefon raqamini avtorizasiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.

 

Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘ng tanlanadi.

 

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining rasmiy sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn amalga oshiriladi.

 

Ro‘yxatga olish 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20 iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.

 

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatga olish esa 10 iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика