Bugundan boshlab respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.
2022/2023-o‘quv yiliga qabul jarayonida abituriyent bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat balini taqdim etish talab etiladi. Bunda ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilinadi. Qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ilova qilinishi so‘raladi.


