1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoro aeroportida qadimiy tangalar to‘xtatib qolindi

Ular 500 yil oldin zarb etilgani taxmin qilinmoqda.

Buxoro aeroportida qadimiy tangalar to‘xtatib qolindi

Maʼlum bo‘lishicha, “Buxoro-Istanbul” yo‘nalishidagi aviareys orqali xorijiy davlatga uchib ketish arafasidagi yo‘lovchi tegishli bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Natijada ushbu fuqaro o‘zining qo‘l yuklari orasiga berkitgan holda qadimiy tangalarni olib chiqishga urinayotganligi maʼlum bo‘lgan.

 

Dastlabki tahlillarga ko‘ra, 263 dona qadimiy tangalarning bir qismi bundan 500 yil muqaddam zarb etilgan bo‘lishi mumkin.

 

Hozirda numizmatika buyumlarining qadimiylik darajasini aniqlash maqsadida Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan badiiy ekspertiza tayinlangan bo‘lib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Maʼlumot o‘rnida, zarb etilganligiga 50 yildan oshgan numizmatika buyumlarini yurtimiz hududidan olib chiqib ketish taqiqlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика