Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida qurilish ishlari munosabati bilan ko‘p sonli daraxt va butalarning kesilayotgani haqida xabar tarqalgandi.
Ekologik partiya markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Abdushukur Xamzayev boshchiligidagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengash deputatlari, olim va mutaxassilardan iborat ishchi guruh Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida daraxt kesilishi bilan bog‘liq holatni o‘rganish bo‘yicha hududga bordi.
Ma’lum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyati xududida 21,8 mingta, Buxoro viloyati hududida 28,9 mingta, qariyib 51 ming tupga yaqin ko‘p yillik manzarali daraxtlar loyiha doirasida ko‘chirib o‘tkazish va kesishga tushgan.
Qayd etilishicha, ishchi guruh tomonidan O'zbekistondagi bugungi ekologik holat inobatga olinib hamda jamoatchilikning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan ushbu loyihani soha mutahassislari ishtirokida o‘zgartirish va daraxtlarga zarar yetkazmaslik bo‘yicha mazkur avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilayotgan pudratchi tashkilot mutasaddilari takliflar berilgan.


